Do‘stona munosabatlar mustahkamlanmoqda

Yaqinda Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota viloyatining hokimi Omondiq Batalov hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Erik Utemboev boshchiligidagi delegatsiya Andijonga tashrif buyurdi.



Aytish joizki, ushbu uchrashuv respublikamiz Prezidentining qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga qaratilgan siyosatining mahsuli bo‘ldi. Viloyat hokimi martabali mehmonlarni qabul qilar ekan, bu xususda batafsil to‘xtaldi.

2017 yilda Andijon viloyatining Qozog‘iston hududlari bilan tovar aylanmasi hajmi 121 million AQSH dollaridan ortdi. Qo‘shni mamlakatdan viloyatimizga 40 million AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi. Bular un, shakar, qora metall, yog‘och, bitum, tsement kabilardan iborat. O‘z navbatida viloyatimizdan avtomobil’ va uskunalar, tekstil’ mahsulotlari va poyabzal, meva va sabzavotlar etkazib berilmoqda.

Uchrashuv va muzokaralar davomida hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi. Hozirning o‘zida Andijon viloyatidan keng turdagi sanoat tovarlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kabel’ mahsulotlari, tayyor qurilish materiallari, trikotaj va charm-attorlik buyumlari etkazib berish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Qozog‘istonda "GM O`zbekiston" aktsionerlik jamiyati avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha korxona ish boshlagani ham hamkorlik borasida yangi sahifa ochdi. Viloyatimizda qozoq kapitali ishtirokida uchta qo‘shma korxona faoliyat olib boradi. "Sekret drim", "Sindikat" va "Xakan darxon tekstil’" shular jumlasidandir.

Delagatsiya a’zolari viloyatimizdagi bir qator sanoat korxonalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Tashrif yakunida hamkorlik borasida kelishuvlar imzolandi.
Andijon Qozog'iston Hamkorlik
Добавлено: 16-04-2018, 12:27
0
276

Похожие публикации


Добавить комментарий


Наверх